«profilaktika inspektori» tegli maqolalar


Toshkentda fuqaro profilaktika inspektorini pichoqladi
17 aprel 2024, 16:21

Toshkentda fuqaro profilaktika inspektorini pichoqladi

Yangihayot tumanida janjal bo‘layotgan xonadonga borgan profilaktika inspektorini mast holdagi uy egasi pichoqladi. IIB xodimiga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatildi. Holat bo‘yicha uy egasiga jinoyat ishi ochildi.

Samarqandda profilaktika inspektorini urib, mashinasi oynalarini sindirgan fuqarolar qamoqqa olindi
27 noyabr 2023, 14:08

Samarqandda profilaktika inspektorini urib, mashinasi oynalarini sindirgan fuqarolar qamoqqa olindi

Samarqand shahrida janjal bo‘layotgani yuzasidan kelib tushgan chaqiriqqa ko‘ra xonadonga borgan profilaktika inspektori uy egalari tomonidan kaltaklandi. Shuningdek, unga tegishli mashina oynalari sindirildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 fuqaro qamoqqa olindi.

Surxondaryoda fuqaro IIB xodimiga bolta bilan hujum qildi
31 may 2023, 14:50

Surxondaryoda fuqaro IIB xodimiga bolta bilan hujum qildi

Sariosiyo tumanida mahalla raisining xonadonida janjal ko‘targan fuqaro uyiga kelgan profilaktika inspektoriga bolta bilan hujum qildi. IIB xodimi shifoxonaga yetkazildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olindi.

Farg‘onada profilaktika inspektori o‘zini otib qo‘ydi
6 dekabr 2022, 09:45

Farg‘onada profilaktika inspektori o‘zini otib qo‘ydi

Toshloq tumanida profilaktika inspektori tabel quroli bilan o‘zini otib qo‘ydi. U mashinasida koma holatida topilgan va tibbiy muassasaga joylashtirilgan. Xodim 1xbet orqali 45 mln so‘m yutqazib qo‘ygani uchun jazolangan va viloyat IIB qoshidagi intizomiy Kengashning nazoratida bo‘lgan.

Chilonzordagi qurilishni to‘xtatib qolgan profilaktika inspektori taqdirlandi
11 noyabr 2022, 10:40

Chilonzordagi qurilishni to‘xtatib qolgan profilaktika inspektori taqdirlandi

Chilonzor tumani «Ko‘tarma» mahallasidagi daraxtzor o‘rnida turar-joy qurilishiga qarshii chiqqan profilaktika katta inspektori kapitan Azimjon Qudabayev tuman hokimligi tomonidan taqdirlandi.

Toshkentda qashqadaryolik qiz «uchastkavoy» zo‘rlaganini ma’lum qildi
3 avgust 2022, 22:27

Toshkentda qashqadaryolik qiz «uchastkavoy» zo‘rlaganini ma’lum qildi

Qashqadaryolik qiz Toshkentda profilaktika inspektori tomonidan zo‘rlangani va undan homilador bo‘lib qolganini ma’lum qildi. IIO xodimi ularning muloqoti o‘zaro kelishuv asosida bo‘lganini ta’kidlab, tergovga dalil sifatida video taqdim etdi. U qizning homilador bo‘lishiga aloqasi yo‘qligini ham aytgan.

Toshkentda IIB tergovchisi va profilaktika inspektori pora bilan qo‘lga tushdi
10 mart 2022, 12:00

Toshkentda IIB tergovchisi va profilaktika inspektori pora bilan qo‘lga tushdi

Poytaxtning Chilonzor tumani IIB tergovchisi jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga chora ko‘rmaslik evaziga 5000 dollar talab qilib, shundan 1000 dollarni olganida ushlandi. Mirobod tumani IIB profilaktika inspektori esa huquqbuzarlikni rasmiylashtirmaslik evaziga 500 dollarni olganida qo‘lga tushgani ma’lum qilindi. Ular hibsga olinib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Namanganda sobiq uchastkavoyga 7 ta modda bo‘yicha ayblov e’lon qilindi
28 yanvar 2022, 15:06

Namanganda sobiq uchastkavoyga 7 ta modda bo‘yicha ayblov e’lon qilindi

Namanganda sud IIB rahbariyatining noqonuniy xatti-harakatlari haqida ma’lum qilgan sobiq profilaktika inspektori Sardorbek Otaboyevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshladi. U Jinoyat kodeksining 7 moddasi, jumladan, firibgarlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqalar bo‘yicha ayblanmoqda. Sudlanuvchi ayblovlarni rad etmoqda.

Qashqadaryoda YPX inspektorlari ko‘proq «protokol» tuzishga majburlanayotganidan shikoyat qilishdi
10 yanvar 2022, 20:14

Qashqadaryoda YPX inspektorlari ko‘proq «protokol» tuzishga majburlanayotganidan shikoyat qilishdi

Qashqadaryoda YPX inspektorlari ko‘proq «protokol» tuzishga majburlanmoqda, deya xabar qildi Nasafnews sayti. Nashr viloyat YHXB rahbari o‘rinbosari ekani taxmin qilinayotgan shaxsning xodimlarga 20 tadan «protokol» rasmiylashtirishni topshirgani aks etgan audioyozuvni taqdim etdi. IIV YHXBB xizmat tekshiruvi boshlangani haqida ma’lum qildi.

Profilaktika inspektorlari vakolatlari kengaytirildi
5 oktabr 2021, 19:40

Profilaktika inspektorlari vakolatlari kengaytirildi

Profilaktika inspektorlari ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar ro‘yxati kengaytirildi. Jumladan, endiklikda «uchastkavoylar» haydovchilarning to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi hamda voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishlari mumkin.

Senatorlar «uchastkavoy”lar vakolatlarini kengaytirishni ma’qulladilar
30 sentabr 2021, 19:01

Senatorlar «uchastkavoy"lar vakolatlarini kengaytirishni ma’qulladilar

Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga profilaktika inspektorlari vakolatlarini kengaytirish, ularga ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish huquqni berishni ko‘zda tutgan o‘zgartishlar kiritilishini ma’qulladi. Murosaga erishilgan holatlarda javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutgan ma’muriy ishlar bo‘yicha yarashuv instituti ham joriy etilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting